Natyajnoy potolok sog'liq uchun zararlimi?
Qisqa javob: sertifikatlangan material zararli emas. Muammo hujjatsiz arzon plyonkada bo'ladi — u qizigan holda hid chiqarishi mumkin. Shuning uchun asosiy savol «zararlimi yoki yo'q» emas, «sertifikat bormi».
Natyajnoy potolok nimadan tayyorlanadi
Ikkita asosiy material: PVX plyonka va mato plyonka. PVX — bu polivinilxlorid, tibbiy naychalar, oziq-ovqat qadog'i va bolalar o'yinchoqlari ham shu materialdan qilinadi. Mato plyonka esa poliuretan bilan shimdirilgan poliester.
PVX ning o'zi inert: xona haroratida hech narsa ajratmaydi. Savol har doim qo'shimchalarda — ishlab chiqarishda qo'shiladigan plastifikator, stabilizator va bo'yoqlarda. Material xavfsiz bo'ladimi yoki yo'qmi — aynan shularga bog'liq.
Hid qayerdan keladi
Yangi potolok birinchi bir-ikki kun hid chiqarishi mumkin. Bu normal: montaj paytida PVX plyonka issiqlik to'pi bilan 60-70 darajagacha qizdiriladi va qoldiq hidni beradi. Xonani shamollatib tursangiz, bir-ikki kunda u butunlay ketadi.
Agar hid haftalab turса yoki issiqda qaytadan paydo bo'lsa — bu sertifikatsiz arzon plyonka belgisi. Bunday potolokni yechib tashlagan ma'qul. «Zararli natyajnoy potolok» haqidagi qo'rqinchli hikoyalarning deyarli hammasi shu bilan bog'liq.
Sotib olishdan oldin nimani tekshirish kerak
Ustadan material sertifikatini so'rang. Sertifikatlangan materialda gigiyenik xulosa va yong'in sertifikati bo'ladi — ularni so'raganda ko'rsatishadi, normal kompaniya bundan muammo yasamaydi.
Ikkinchi belgi — mantiqiy narx. Bozor narxidan 30-40% arzon plyonka deyarli har doim noma'lum kelib chiqishli materialni bildiradi. 200-300 ming so'm tejash yotoqxonadagi har kunlik hidga arzimaydi.
Bolalar xonasi va yotoqxonaga qo'ysa bo'ladimi
Ha, agar material sertifikatlangan bo'lsa. Bundan tashqari, bolalar xonasida natyajnoy potolok bo'yalgandan ko'ra qulayroq: u to'kilmaydi, yorilmaydi va yoriqlarga chang yig'maydi.
Bolalar xonasi va yotoqxona uchun yagona tavsiya — glyans o'rniga matoviy plyonka. Xavfsizlik uchun emas, qulaylik uchun: glyans karavot tepasidagi lyustrani aks ettiradi va bu hammaga yoqmaydi.
Yong'in bo'lsa-chi
PVX plyonka yonishni qo'llab-quvvatlamaydi — u eriydi, lekin olovni tarqatmaydi. Sertifikatlangan materialda yong'in xavfsizligi sinfi bo'ladi, u hujjatda ko'rsatilgan.
Shu bilan birga plyonka nuqtali qizishdan haqiqatan eriydi. Shuning uchun chiroqlar ostiga termohalqa qo'yilishi va lampalar galogen emas, LED bo'lishi muhim. Bu montajchining vazifasi va bizda ishga kiradi.
Natyajnoy potolokning o'zi zararli emas. Zararni aniq bir narsa — hujjatsiz arzon plyonka keltiradi. Bu xavf esa ustaga beriladigan bitta savol bilan butunlay yo'qoladi: «sertifikatni ko'rsating».
Bizda bu qanday
Biz faqat sertifikatlangan material bilan ishlaymiz va so'raganda hujjatni ko'rsatamiz. Har bir chiroq ostiga termohalqa qo'yamiz. Material va montajga 10 yillik rasmiy kafolat beramiz.