📞 +998 95 315 33 33

LUX POTOLKI haqida

Biz Samarqandda 2014-yildan beri natyajnoy potolok o'rnatamiz. Shu vaqt ichida 500 dan ortiq potolok qildik — kvartira, uy, ofis, do'kon. Yangi buyurtmalarning deyarli hammasi tavsiya orqali keladi: kimdir potolok qo'ydirdi, uni qarindoshi yoki qo'shnisi ko'rdi — va bizga qo'ng'iroq qildi.

2014 tashkil etilgan yil
500+ bajarilgan loyiha
10 yil kafolat
1 kun montaj muddati

Qanday ishlaymiz

Vositachisiz. O'lchovga kelgan usta potolokni ham o'zi o'rnatadi. Bu ikki sababga ko'ra muhim. Birinchisi: o'lchovda aytilgan narx o'zgarmaydi — ustiga foiz qo'shadigan odam yo'q. Ikkinchisi: usta natija uchun o'zi javob beradi, shuning uchun buyurtmachi darhol ko'rmaydigan mayda narsalarda tejamaydi.

Qo'ng'iroqdan tayyor potolokgacha

01

Qo'ng'iroq yoki ariza

15 daqiqa ichida qayta aloqaga chiqamiz, xona va istaklarni aniqlaymiz, o'lchov vaqtini kelishamiz.

02

Bepul o'lchov

Usta kelib o'lchaydi, plyonka namunalari va yoritish variantlarini ko'rsatadi, aniq narxni aytadi.

03

Kelishuv

Material va yoritishni tanlaysiz, narx va montaj kuni qotiriladi.

04

Montaj 1 kunda

Ertalab kelamiz, kechqurun xonadan foydalana olasiz. O'zimizdan keyin tozalaymiz.

05

10 yil kafolat

Ishni topshiramiz va material hamda montajga rasmiy kafolat beramiz.

Nimani kafolatlaymiz

  • O'lchovdagi narx o'zgarmaydi — oxirida qo'shimcha to'lov yo'q
  • Faqat sertifikatlangan material, so'rasangiz hujjatni ko'rsatamiz
  • Oddiy xona — bir kunlik montaj
  • Ishdan keyin tozalash: chang va qurilish chiqindisi qolmaydi
  • Material va ishga 10 yillik rasmiy kafolat
  • Biz mahalliymiz: bir yildan keyin nimadir kerak bo'lsa — kelamiz

Qanday material bilan ishlaymiz

MSDPVX plyonka
BaufPVX plyonka

Ariza qoldiring

Tugmani bosish orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik bildirasiz.